AFEWInternational “OITS Sharq-G’arb jamg’armasi” Toshkentda Yevropa kuni 2023 da ishtirok etadi!

AFEWInternational “OITS Sharq-G’arb jamg’armasi” Toshkentda  Yevropa kuni 2023 da ishtirok etadi!

Yevropa kuni 2023 munosabati bilan, shuningdek, Professional mahoratning Yevropa  yilini sharaflash munosabati bilan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi jamoatchilik diqqatini jalb  etish va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirililadigan loyihalar yarmarkasi tadbirini o’tkazish maqsadida Yevropa kunlari festivalini tashkil qilmoqda. Tadbir 2023 yil 6 may kuni Toshkent Botanika bog’ida bo’lib o’tadi.

AFEW International o’z hamkori ISHONCH VA HAYOT  bilan birgalikda  “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini mustahkamlash orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari huquqlarini himoya qilish" loyihasini taqdim etadi.

Ushbu loyiha 2022-yilda boshlangan boʻlib, Oʻzbekistonda kam taʼminlangan aholi guruhlari, masalan, kamsitishlarga duchor boʻlgan – ayollar, imkoniyati cheklangan insonlar, OIV infeksiyasi bilan yashovchi yoki infeksiyani yuqtirish xavfi yuqori boʻlgan kishilar, migrantlar, shuningdek ularning huquq va erkinliklarini himoyalash va mustahkamlash va o'z tashkilotlari va mahalliy Fuqarolik jamiyati tashkilotlari (FJT) salohiyatini rivojlantirish va  shu bilan birgalikda O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

“Yevropa kuni” festivali madaniy-ko‘ngilochar dastur bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqining texnik ko‘mak liniyalari bo’yicha Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va professional ko’nikmalarni oshirish, shuningdek, qishloq joylar va qishloq xo‘jaligida ishga joylashtirish,  ijtimoiy, raqamli va ekologik yo’nalishlardagi o’sish,   iqlim va atrof-muhitni muhofaza qilish, inson huquqlari, energiya samaradorligi va boshqa sohalardagi loyihalar bo’yicha hamkorlikning asosiy yutuqlarini namoyish etishga qaratilgan.

Festivalga tashrif buyuring va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan 35 dan ortiq loyihalar bilan tanishing!

“Yevropa kuni” festivali 2023 yil 6 may shanba kuni, soat  10:00 dan 17:00 gacha bo’lib o’tadi. Kirish bepul.

#EuropeDay "IshonchvaHayot!"-"ВераиЖизнь!"